Узбекское секс порно
Узбекское порно
Порно Плюс
Узбекское порно видео на UZPORNO.RU
Фото голых женщин

Raqqosa 5 bob 1 qism.

Oradan olti oy o'tdi. Manzura konservatoriyada shaxsan Vohid Azlarovichning guruhida, uning qo'l ostida o'qishni boshladi. Olti oy deganda, Murod aytganidek, nafas mashqlarini ham o'zlashtirdi. Lekin ilgari o'zi sevgan qo'shiqlarni xirgoyi qilib yurganda, bu san'at turi shu qadar qiyinligi, murakkabligini bilmas ekan. Qo'shiqni har qanday odam ham ayta oladi deb o'ylarkan. Vokal bo'yicha dars ola boshlagach, qo'shiqchilik san'atining hech kimga ma'lum bo'lmagan sirli jihatlarini o'rgana boshlagachgina anglab yetdi. Kechalari mashq qildi, muallimlar bergan har bir topshiriqni ko'ngildagidek bajarishga urindi. Ba'zan jonidan to'yib shartta uyga ketib yuborgisi kelgan paytlar ham bo'ldi. Lekin shaytonga hay berdi. Maqsadiga xudo albatta yetkazishiga ishondi… Umurtqa suyagi ham ancha bitib qolgandek edi. So'nggi bir oy ichida ikki yo uch marta xuruj qildi xolos. Shunda ham kechasi uyqusida bilmasdan ustidagi ko'rpani bir chetga itqitib tashlagan ekan. Ochiq derazadan kirgan muzdek shabada kesilgan yeriga kelib urildi va chimillab og'riy boshladi… Umuman, salomatligi tobora yaxshi tarafga o'zgarayotganini sezmoqda. Nasib bo'lsa, bir yilda ko'rmagandek bo'lib ketishiga ishonmoqda… Faqat bir muammo yuragini o'rtardi. Shu muammo xayolini chulg'adi deguncha o'zi sezmagan holda hayotdan to'ya boshlaganini his etadi. Botirning ba'zi gap-so'zlaridan kuyadi, Murodga nisbatan sovuqqon bo'lib qolganidan qiynaladi… Mana, bir oy bo'ldi qishloqqa ketganiga. Ketayotib ham yuragiga bir parcha muz solib qo'ydi. — Murod pixini yorgan firibgar, — degandi Botir ketayotib. — Seni «qiyomatli singlim» deganiga ishonib yuribsanmi? Ovsarmisan? U pul uchun hamma narsaga tayyor odam-ku! Hali ko'rasan, senga uylanib ham oladi. Ha, buni sezib turibman. Men oldingda bir tiyinga arzimay qolaman. Hozir ham ja arziyotganim yo'q. — Ilgari rashk qiladigan odatingiz yo'g'idi-ku, — degandi o'shanda Manzura. — Qancha marta to'ylarda ko'rdingiz, raqs bahona qanday nomaqbul ishlar qiganimga guvoh ham bo'ldingiz. Miq etmagandingiz. Endi bo'lsa, jim yuribman, begona erkaklarga suzilmayapman, raqs tushmayapman. Sizni kutib vaqt o'tkazyapman. Nega rashk qilyapsiz? Murod akayam, Ro'zixon opayam ko'ngli toza odamlar. Bilib-bilmay tuhmat qilmang birovga! Ko'ngli toza bo'lmasa, meni mana shunaqangi katta o'qishlarga kiritib qo'ymasdi. Sudraklab to'yma-to'y olib yurmasdi, himoyasiga olmasdi. Uyimgacha ta'mirlatib, atrofimda parvona bo'lmasdi. Siz tuhmat qilmang u odamga!.. * * * Manzura shularni o'ylagancha konservatoriya hovlisiga yaqinlashib kelarkan, Botirning muhabbatiga yuragida bir tutam shubha uyg'onganini his etgandek bo'lardi. Uning gap-so'zlarini o'zicha tahlil qilib ko'rar, Botirni boshqalarga taqqoslardi. Baribir o'sha shubha ustun kelaverardi… Oxiri o'ylanaverishdan charchadi. Bir qo'l siltadi-yu, ichkariga kirdi. Ne ko'z bilan ko'rsinki, hov narida Botir guruhdoshi Salomat bilan chaqchaqlashib turardi. «Ie, — ko'nglidan o'tkazdi Manzura taqqa to'xtab. — Men bu odamnibir oydan beri kutib o'tiribman. Eshik tiq etsa yugurib borib Botir keldimikan degan umidda eshikni ochardim. U-chi? Ketmaganmidikan qishloqqa? Nega? Nima uchun Salomat bilan qiyshanglashyapti? Bu qiz o'qish boshidanoq menga dushman bo'lib qolganini bilardi-ku! Qayta-qayta o'ziga arz qilib gapirib bergandim-ku!.. Nega bunday qildi?..» Shubhasiz ular ham Manzurani ko'rishdi. Botir biroz o'ng'aysizlangan ko'yi bosh qashiy-qashiy, Salomat bilan qo'l berib xayrlashdi-yu, negadir tashqariga chiqib ketdi. Manzura uning so'nggi harakatlarini ko'rgandan beri go'yo haykal kabi turgan yerida tosh qotgandi. Lekin darrov o'zini o'nglab oldi. Alam aralash bir qo'l siltadi-yu, auditoriya tomonga qarab yurdi. Salomat o'ttiz-qirq qadamcha narida unga masxaraomuz tikilib turar, Manzurani boshdan-oyoq kuzatib sovuq jilmayib qo'yardi. — Ha, hofizaxon, negadir kayfiyatlari yo'q? — piching aralash so'z qotib Manzuraning yo'lini to'sdi u. — Qayoqqa shoshilyaptilar? Yigitingizni olib qo'yibmanmi? Shunga siqilyapsizmi? Kayfiyatingiz tushib ketdimi? Uf-f, nima qilay? Men shunaqa dilozor qizman! — Yo'limni to'sma, — dedi iloji boricha o'zini bosishga urinib Manzura. — Niyating nima o'zi? Nega nuqul menga piching otaverasan? Arpangni xom o'rdimmi?.. — Vah, o'lib qolama-an, — ikki yondan hayron qaragancha o'tib ketayotgan talabalarga ko'z qisib kuldi Salomat. — Qishlaqiligingga borasan-da baribir! O'v, hofiza! Buyuk hofiza, men shaharlikman! Shaharda arpa ekilmaydi, bildingmi? Arpani-chi, hov qishlag'ingga borib o'raver xohlaganingcha! Bu yerni shahar deb qo'yibdi, shahar! — Xo'p, men qishlaqiman, — dedi Manzura asabiy lab tishlab. — Sen nega asabimga o'ynayverasan? Ayt muddaoingni! Salomat daf'atan jiddiy tortdi-da, atrofga alangladi. Yaqin orada hech kim ularga e'tibor bermayotganiga amin bo'lgach, Manzuraning bilagidan tortqiladi. — Yur, hojatxonaga kiraylik, o'sha yerda gaplashamiz! — Shu yerda gapiraver! — Qo'rqyapsanmi? Quyon yurakmisan? Qo'rqma, yeb qo'ymayman! Tirik qolasan! Gaplarimni aytaman-u, surasan srazu! Manzura ham uning qarshisida past ketgisi kelmasdi. Bilagiga yopishgan qo'lini bir siltab olib tashladi-da, oldinga tushdi. — Bo'pti, yur, ko'ramiz!.. Hojatxonaga kirganlari hamono Salomat eshikni ichkaridan qulfladi-da, kutilmaganda Manzuraning tomog'iga chang soldi. Ilgarigi ahvoli bo'lsa, bu qizga so'zini berib qo'ymasdi. Lekin baribir umurtqasi nobopligi pand berdi. Salomatga kuchi yetmasligini tushunib yetdi. Ammo sirini ham boy bermadi. Uning tomog'iga chang solgan qo'lini mahkam ushlagancha alamli shivirladi. — Ha, nima? Shumi boring? Ayt, nima qip beray? Pul beraymi? — Pulingni-chi, bir yeringga tiqvol, — dedi baland ovozda Salomat. — Bugundan keyin Azlarovichning konsertlariga men boraman, bildingmi? Agar yana oldiga tushib yo'rg'alaganingni ko'rsam, bo'g'ib o'ldiraman! Tushundingmi yo hozir bo'g'ib qo'ya qolaymi?.. — Senam o'sha konsertni bir joyingga tiqvol, — bo'sh kelmadi Manzura ham. — Ko'zim uchib turgani yo'q ja konsertma-konsertyuraman deb. Azlarovichning o'zi opketgandan keyin… — Bormaysan! — tomog'ini qattiqroq qisdi Salomat. Manzura nafas yetishmaganidan xirillay boshladi. Yana sal qattiqroq qissa hushini yo'qotgudek darajada ko'zlari tinib ketayotganini his etdi. Salomat ham rangi o'zgarganini sezdi chog'i, darhol qo'lini tortib oldi. Va imi-jimida tashqariga yo'nalish asnosida ko'rsatkich barmog'ini Manzuraning peshonasiga tiradi-da, qulog'iga shivirladi: — Bu gal konsertga men boraman. Yo'rg'alaganingni ko'rsam, o'ldiraman!.. * * * Manzura azbaroyi asabiylashganidan kun qanday o'tganini ham go'yoki payqamadi. Har Salomatga ko'zi tushganda, yuragi alamga to'lar, kuchli nafrat ustun kela boshlardi. Shayton dast o'rnidan turib borib Salomatni yulib tashlashga undardi. Bu orada domla uni dam olish kuni bolalar uyida konsert borligidan yana ogoh etdi. Manzura aytay-aytay dedi-yu, negadir tili bora qolmadi. Xudoga soldi-yu, uyiga qaytdi. Bir tarafdan esa Botirning qilig'i esiga tushib battar jig'ibiyron bo'lardi. Unga aldovlari, Salomat bilan turgandagi holati juda alam qilardi. «Nega bunday qilyapti? — o'ylardi u. — Men nima yomonlik qildim unga? Boshida aytdim, rad etdim, bu yo'ldan qaytarishga urindim. Shuni deb balolarga yo'liqdim. U-chi? Yuzingda ko'zing demay, dushmanim bilan chaqchaqlashib turibdi. Men bilan salomlashmadiyam! Odam shunchalik ham yuzsiz, bezbet bo'ladimi?..» Shu payt tashqari eshik bezovta taqillay boshladi. Manzura ilkis hushyor tortdi-yu, asta, ehtiyotkorlik bilan yo'lakka chiqib tashqariga quloq tutdi. Pod'yezdda sukunat hukm surardi. «Botir keldi shekilli, — o'yladi u hamon qulog'ini ding qilib. — Kiritmayman pesni! O'liblar ketsin o'sha megajin bilan! Menga uning keragi yo'q!..» Shunday o'ylar bilan ruhi tushib ortga qaytishga tutingandi, tashqarida tanish ovoz jarangladi. — Manzura! Singiljonim, uydamisan? «Voy, akam kelibdi-ku!..» Manzura hovliqqancha borib eshikni ochdi. Haqiqatan qarshisida qo'lida bir xalta mayda-chuydalar ko'targancha Murod kulib turardi. — Uxlab qolganmiding deyman, singlim? — ichkariga kirib to'g'ri oshxonaga o'tdi-da, qo'lidagini stol ustiga qo'yib yana orqaga qaytdi Murod. — Nega ko'zlaring qizarib ketibdi. Qovoqlaring shishibdi. Tinchlikmi? Ie, nega yig'layapsan?.. Manzura to'lib turgandi. Ortiq o'zini idora eta olmadi. Murodning yelkasiga boshini qo'ydi-yu, yig'lab yubordi. — E, bu ishing sira yopishmadi, jon singlim, — Murod uni erkalab, tinchlantirib zalga olib o'tdi va divanga o'tqazib, o'zi ham yoniga cho'kdi. — Kimsan konservatoriya talabasisan. Shunday baxtli inson ham yig'laydimi? Nima bo'ldi, singiljon? Ayt, faqat yig'lamay ayt! Bilasan-ku, sen yig'lasang, men qiynalib ketaman! — Xo'p, yig'lamayman, — Manzura shosha-pisha ko'z yoshlarini qo'lidagi dastro'molchaga artdi-da, bosh egdi. — Gapirmaysanmi? Kim xafa qildi? — To'yib ketdim hammasidan, akajon, — baribir yig'lamsirab gap boshladi Manzura. — Nega men shunaqa tug'ilgan ekanman? Nuqul turtkilashadi, masxaralashadi, tahqirlashadi. — Ie, kimning haddi sig'di seni tahqirlashga? — Murod beixtiyor o'rnidan turib ketdi va Manzuraning ikki yelkasidan tutdi. — Ayt, kim u maraz?.. — Bugun… Botirni ko'ruvdim. Ahmoq bo'lib kelishini kutib yuraveribman. U bo'lsa… Mening guruhimdagi Salomat degan qiz bilan hiringlashib turibdi bugun qarasam. Menga masxaraomuz qarab qo'ydi xolos. Bir tuki qilt etmadiyam. Hech bo'lmasa salomlashmadiyam! Axir, o'sha Salomat mening dushmanim. Domla nuqul meni xayriya konsertlarga opketavergani uchun ko'rishga ko'zi yo'q. O'sha yaramas ham bugun chetga olib o'tib bo'g'ib qoldi. Sal bo'lmasa o'ldirib qo'yayozdi. Jiddiy ogohlantirdi. Domlaga konsertga bormayman deb aytarmishman. Aytmasam, o'ldirarmish. Keyin… Botirni tortib olganini ko'z-ko'z qilib ustimdanam kuldi iflos. — Hali shunaqami? — Murod qo'llarini Manzuraning yelkasidan tortib oldi-da, asabiy lab tishladi. — Ochig'i, ilgaritdan o'sha bilan uchrashib gaplashishingga qarshiydim. Senga aytmasdim xolos. Lekin seni deb yelib-yugurishini ko'rib fikrimdan qaytgandim. Rostdanam singlimni yaxshi ko'rarkan, kuyov bo'lsa shunchalik bo'lar-da, deb xursand bo'lovdim. Mana bu gapingdan keyin hamma gaplarimni qaytvoldim, Manzura. Endiyam o'sha it bilan gaplashishingga qarshiman. Mayli, sen indama, uni o'ylamayam, faqat o'qishingni o'yla. Botirniyam, o'sha senga dushmanlik qilib yurgan qizniyam o'zimga qo'yib ber. Azlarovichning guruhidan haydattirvoraman kerak bo'lsa… Voy, ifloslar-ey!.. — Menam Botirning avval aytgan gaplarini sizdan yashirardim, — dedi Manzura Murodning gapidan ko'ngli tog'dek ko'tarilib. — Nuqul sizga rashk qilaverardi. Ko'z ochishga qo'ymasdi. Nimaymish, siz faqat pul tufayli menga yaxshilik qilib yurganmishsiz. Sizning niyatingiz buzuqmish. — Sen bilan bizni Olloh ko'rib turibdi, — dedi qattiq ranjiganini sir tuta olmay Murod. — Gapirayotgan gaplarimiz, o'ylagan o'ylarimizgayam Yaratganning o'zi nazar solib kuzatib turibdi. Men seni chin ko'ngildan yaxshi ko'rdim, singlim yo'g'idi, shu qiz menga singil bo'lar deb umidlandim. Xudoyimga shukr, adashmabman. Hozir… Ishonsang, qop-qop semirib yuraman yurgan yo'limdayam. Sen meni aka deb qabul qilganing uchun shunday xursandmanki, Xudoyim guvoh!.. Manzura shuncha payt muloqot qilib, birga yurib Murodning ko'zi yoshlanganini ko'rmagandi. Hozirgi holatini ko'rib qo'rqib ketdi. Jonholatda Murodni quchoqlab oldi. — Akajon, meni yupatib endi o'zingiz yig'laysizmi? — dedi titrab-qaqshab. — Bo'hton tarqatganlar, tuhmat qilganlarni yer yutadi, akajon! Menam siz bilan faxrlanaveraman, sizminan opajonimni o'ylayveraman. Ba'zida baxtimga ko'z tegib qolsa-ya, deb qo'rqib ham ketaman!.. Siz endi ham akam, ham otamsiz, akajon!.. — Rahmat, singlim, — Murod tez o'zini qo'lga olib asta ortga tislandi. — Bo'ldi, yig'lamaymiz. U ifloslar ko'z yoshlarimizga arzimaydi… Ie, asosiysi esdan chiqibdi-ku! — Nima? — Manzura hayron bo'lib Murodga tikildi. — Nima esingizdan chiqibdi? — Hozir ikkalamiz do'kon aylanishimiz kerak edi-ku! — Do'kon? Nega, aka? — Ie, o'zlariniyam eslarida yo'qmi deyman, xonim afandim? Yaxshima-as, yaxshima-a-as! Manzura qo'rqib ketdi. Nimani unutganini sira topa qolmadi. Yana Murodning o'zi vaziyatni yumshatdi. — Ertaga opajoningning tug'ilgan kuni-ku! Esladingmi? — Voy, men o'lib qo'ya qolay-y! — Manzura azbaroyi xijolat tortganidan ikki kafti bilan boshini changallab oldi. — Shunday sanani unutibmanmi? — Mayli, — dedi kulib Murod. — Hozir do'kon aylanib arzirli sovg'a sotvolamiz. Keyin qishloqqa jo'naymiz. Qo'rqma, menikiga borasan, qishlog'ingga jo'natmayman o'lsam ham. Domlalarniyam ogohlantirib qo'yaman. Tug'ilgan kunni o'tkazamiz-u, yana ikkimiz shaharga qaytamiz. Xo'sh, ma'qulmi taklifim? Manzura rosmanasiga to'lib borayotgandi. Murodning har bir chakana hazili vujud-vujudida singillik mehrini uyg'otgani sayin ko'zlari jiqqa yoshga ko'mila boshlagandi. Ammo bu quvonch, shukronalik yoshlari edi. Ro'zixon opasining tug'ilgan kuniga borib vujudidagi jami g'uborlar tarqagandek, juda yengil tortdi. Opasi shunchalar kuchli mehr ko'rsatdiki, Manzura xijolatdan yerga kirgudek bo'lib borar, Murod esa bu xijolatpazlikni hazil-huzul bilan tarqatib yuborardi… Ammo shaharga qaytgandan keyin ham yuragining bir chetidagi tuman tarqamadi. Botirni eslamaslikka, qo'l siltashga urinardi. Baxtga qarshi, saldan keyin ko'z oldida Botirning qiyofasi namoyon bo'laverardi. Uning Salomat bilan chaqchaqlashib turgani, u tomonga hissizgina qarab qo'yib burilgancha ketib qolgani ko'nglini og'ritaverardi. Endi-endi muhabbatga oshno bo'la boshlagan qalbi to'kilib-to'kilib ketardi… Darsda ham qanday o'tirganini idrok eta olmadi. Bilgani, Salomat darsda ko'rinmagani bo'ldi. Akasi gaplashib guruhdan haydattiribdi shekilli. Ammo bu ham Manzuraga taskin bermadi. Alam ko'ksini kemiraverdi. Shunday xayollar bilan pod'yezga kirgan ham ediki, Botir devorga suyangancha turganini ko'rdi. Uni ko'rib ko'ngli birdan yorishdi. Qalbining tubidagi o'sha tuman tarqay boshlaganini his etdi. Lekin ko'ngil tubidagi og'riq qaysarlikni qo'ymadi. Bu og'riq shu qadar yoqimsiz kecha boshladiki, Manzura dod solishdan arang o'zini tiyib turardi. Atayin salomlashmadi. Uyga kiritmoqchi emasdi. Biroq Botirni to'xtatib qolishga kuchi ham yetmasdi. Qolaversa, boshqa ko'ngli Botirning uy ichkarisiga kirishi uchun jon deb turardi. Ikkovlari ham so'zsiz ichkariga kirishdi. Manzura go'yo yonida hech kim yo'qdek, sevimli ashulalaridan birini xirgoyi qilgancha oshxonaga o'tib gazga choy qo'ydi. Har kungi odati. Darsdan keladi-yu, qaynoq choy bilan bir dona shokolad yeydi… — Indamay til tishlab o'tiraveramizmi? — nihoyat o'rtadagi jimlikni buzib so'radi Botir. — Arpangni xom o'rmagandim shekilli? Nega hech bo'lmasa, salom beray demaysan? Yo… — Salom? — Manzura qo'lidagi shokolad bo'lagini stol ustiga qo'ydi-da, Botirga yuzlandi. — Sizgami? Kimsiz o'zi? Nega so'roqsiz bu uyga kirdingiz? Birov chaqirganmidi sizni? — Qo'y-da endi, voy-bo'-o', — deya Botir gavdasini orqaga tashladi. — Murod akajoning ja yaxshiustozlik qilyaptimi deyman-da-a? Ja mag'rur bo'p qoptilar? — Akamga til tekkizmang, — dedi Manzura dast o'rnidan turib. — U mening akam, bildingizmi?!. Siz-chi? Hech kimmassiz? Ha, Salomatxoningiz bugun chaqirmadimi? Yo o'shaning oldidan keldingizmi? Maqtangingiz keldimi? Bilib qo'ying, menga farqi yo'q. Kim bilan gaplashyapsiz, chaqchaqlashyapsiz, menga bir pullik qizig'i yo'q. Endi iltimos, uyni bo'shatib qo'ying! Halizamon akam kep qoladi. — O', shunaqami? Akajoningiz rashk ham qiladilarmi? Ja apoq-chapoq bo'p ketibsizlar-da unda-a? — Sizga nima? — Menam yerdan chiqqanim yo'g'idi. Shunchalik oyoqosti qilmasang bo'lardi. — Kim kimni oyoqosti qildi? Siz emasmi oyoqosti qilgan? Uyalmay gapirishingizni qarang yana! Boring, keting! Asabimga tegyapsiz! — Shunaqami? Tugadimi muhabbat? Qorlar yog'ib izlar bosildimi? Endi raqqosa xonimga hech kim kerak bo'lmay qoldimi? Ishlari bitib, eshaklari loydan o'tdimi? — Mening eshagim yo'q. Og'zingizga qarab gapiring! — Unda eshitvol, menam ja sen o'ylaganchalik anoyi, ovsarmasman. Hali ko'rasan, o'sha akajoning ishini bitirib, sendan foydalanib, joniga tekkan kuning bir tepib haydaydi. Unaqalar faqat pulingga oshna. Ko'zingni kattaroq och! — Sizdaqalarning nasihatiga zormasman. Keta qoling tezroq! Odam shunchalik ham bezbet, sur bo'ladimi? Ket degandan keyin ketmaydimi? — Ketaman. Shu ijara uyingda o'tiraman deb o'lib turganim yo'q. Bir gapni aytish uchun kelgandim aslida. — Ayting-u, daf bo'ling! — Akajoning kelsa, ayt, sening uyingni ta'mirlatganda ikkita molimni sotib berganman. O'sha mollarning pulini joyiga qo'ysin. Men duch kelganga pul beraveradigan boyvachcha emasman. Botirning shuncha ta'nalari bir bo'ldi-yu, so'nggi gapi bir bo'ldi. Manzura miyasiga birov gurzi bilan tushirgan kabi qalqib ketdi. A'zoyi badani uvishgandek so'z uchun og'iz ocha olmay angraygancha Botirga qarab qoldi. — Ha, nega menga tikilib qolding? — zardali ohangda so'radi Botir ketishga chog'lanib. — Hammayam pulni yaxshi ko'radi. Keyin-chi, mening ko'chada tushib qolgan pulim yo'q. Xullas, bugun kechqurun qo'ng'iroq qilsin-da, uchrashib pullarni qo'limga topshirsin. — Topshirmasa-chi? — atayin gapni aylantirib so'radi Manzura. — Urasizmi akamni? — Urish ham gap ekanmi? — dedi Botir og'zidan tupuk sachratib. — Jigini ezib qo'yaman. — Unda tezroq ayta qolaman. Tag'in akajonim arzimagan besh-olti so'm pulni deb jigidan ayrilib o'tirmasin! Botir ortiq bir so'z demadi. Manzuraga bir muddat alam va nafrat aralash termilib turdi-da, ilkis burilib tashqariga yo'l oldi. * * * Davomi bor..
Kutubxona
Olamsex.su Узбекское порно 2020
Uzvideos.ru УзбексКИЙ СЕКС
Sexuzbeks.ru - Только УзбексКИЙ СЕКС